Xitoyning Guyçjou viloyatida temir yöl tunneli qurilişida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida 12 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda 3 may kuni China News Service axborot agentligi.
Falokat 2 may kuni Bitsze şahar okrugidagi Dafan uyezdida tezyurar temir yöl tunneli qurilişi işlari vaqtida yuz berdi. Voqea tunnelda gaz portlaşi bilan boğliq bölib, buning oqibatida 12 kişi jarohat olgan va yana 12 kişi tunnelda qamalib qolgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, 3 may ertalabga kelib qutqaruv-qidiruv operatsiyasi yakunlandi. Qutqaruvçilar qamalib qolgan 12 nafar quruvçining jasadini aniqlaşgan. Qutqaruv operatsiyasida umumiy hisobda 2 ming kişi qatnaşgan.
Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar. Ularning hayotiga heç narsa xavf solmayapti.












