Xitoyda işlab çiqarilgan birinçi yölovçi samolyoti C919 5 mayda ilk parvozini amalga oşiradi, deb xabar bermoqda Shanghai Daily naşri.

Ötgan haftada birinçi sinov parvozi may oyiga belgilangani ma'lum qilingandi, biroq aniq sana aytilmagandi.

Şanxayning Shanghai ERC News Radio radiostansiyasining ma'lum qilişiça, parvoz Şanxaydagi Pudan aeroportidan amalga oşiriladi. 

Avvalroq C919 Pudan aeroportidagi uçiş-qöniş yölakçasida tezlik sinovlaridan ötgandi. Yanvar boşida samolyotning sinov parvozlari fevralda boşlanişi ma'lum qilingandi, biroq belgilangan vaqtda parvozlar amalga oşirilmagan.

2016 yil noyabrida samolyot dvigatelining sinovlari yakunlangandi. Ma'lum qilinişiça, samolyotning barça texnik sinovlari 2017 yilda yakunlanadi va şundan keyin samolyot foydalanişga topşiriladi. Şuningdek, samolyot tijoriy foydalanişga 3 yil davom etadigan sinov parvozlaridan keyin topşirilişi ma'lum qilingandi.   

C919 avialayneri tejamkor-sinfdagi 158 kişilik magistral samolyot loyihasi bölib, samolyotning uçiş uzoqligi 5,5 ming km ni taşkil qiladi. Samolyot Xitoyning COMAC korporatsiyasi tomondan amalga oşirilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, korporatsiya 570 ta bunday samolyot uçun buyurtma olgan. Korporatsiya kelajakda hammasi bölib bu samolyotdan kamida 2 ming dona sotişni rejalaştirgan.