Saudiya Arabistoni Tojikistonga yangi parlament va hukumat majmualarini barpo etiş uçun 200 mln dollarlik grant ajratadi. Bu haqda Duşanbedagi hukumat doiralariga oid manbaga iqtibos keltirgan holda ASIA-Plus naşri xabar bermoqda. 

Tojikistonda yangi parlament majmuasi qişloq xöjaligi vazirligi, Duşanbe hokimiyati, Eronning Tojikistondagi elçixonasi örnida quriladi. Quriliş şuningdek boşqa bir qator turar joy binolariga ham ta'sir qiladi. Avvalroq parlament binosi buzib taşlanişi ma'lum qilingandi. Uning evaziga "Dösti" maydoni kengaytiriladi.   

Yangi hukumat majmuasi "Rohat" çoyxonasi örnida quriladi.

2017 yil yanvarda Saudiya Arabistoniga Tojikiston parlamenti spikeri Şukurjon Zuxurov taşrif buyurgandi. Öşanda Saudiya Arabistoni qiroli hukumat va parlamentga Tojikiston bilan barça tomonlama aloqalarni rivojlantirişni tezlaştiriş uçun çoralar qabul qiliş topşiriğini bergan.     

Parlament quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonov Saudiya Arabistoni şuningdek Tojikistondagi gidroenergetika va toğ-kon tarmoqlarini moliyalaştirişga tayyorligini ma'lum qilgan.