FIFA 2017 yilning may oyi uçun terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Reyting taşkilot rasmiy saytida berilgan.
Unga köra, Özbekiston terma jamoasi 586 oçko bilan ötgan oydagi 60-örnini saqlab qoldi. Osiyo mintaqasi böyiça ham terma jamoa 6-örinda qoldi.
OFKda Özbekiston terma jamoasidan oldingi örinlarda Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni termalari bormoqda.
Reytingning yuqori qismida ham özgariş yuz bermadi.
FIFA reytingi top-10 va OFK kuçli oltiligi bilan quyida tanişib olişingiz mumkin.
1 (1). Braziliya – 1672 oçko
2 (2). Argentina – 1603
3 (3). Germaniya – 1464
4 (4). Çili – 1411
5 (5). Kolumbiya – 1348
6 (6). Fransiya – 1294
7 (7). Belgiya – 1281
8 (8). Portugaliya – 1259
9 (9). Şveytsariya – 1212
10 (10). Ispaniya – 1204
...
28 (28). Eron – 820
43 (43). Janubiy Koreya – 700
44 (44). Yaponiya – 685
50 (50). Avstraliya – 661
52 (52). Saudiya Arabistoni – 646
60 (60). Özbekiston - 586.












