Tahririyatimizga, töğriroği, muxbirimiz Xurşid Daliyevga yöllangan videoda juda ğaroyib manzara tasvirlangan. Uşbu videorolik Andijon viloyati, Buloqboşi tumanida tasvirga tuşirilgan. Unda qöhna qabriston örnida paydo bölgan çiqindixonani köriş mumkin. Çiqindixonaki, juda katta hududda yastanib yotibdi.
Bundan taşqari, mazkur hududni odamlar öz hovlilariga qöşib olişgan. Bu qonuniy yoki yöqligi bizga qoronği. Ammo videorolik muallifining ta'kidlaşiça, mazkur çiqindixona (axlatxona deyişga tilimiz bormadi) yoz oylarida, kun isişi bilan yon-atrofdagi xonadonlarga gigiyenik jihatidan salbiy ta'sir ötkazadi.
Videorolik egasi uşbu manzarani tasvirga tuşirar ekan, şunday deydi: “Bu hududda şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari nomida bir masjid va kutubxona qurilsa aholiga ma'naviy jihatdan juda yaxşi va savobli iş bölardi”.
Darvoqe, Birinçi Prezidentimiz ta'kidlab ötganidek, “savobli işni har kun qilişi kerak”. Quyida uşbu videorolikni tomoşa qilişingiz mumkin.











