Andijon viloyati, Buloqboşi tumani, Şirmonbuloq hududidagi kanal trikotaj-tikuv fabrikasi tomonidan ifloslantirilgani ma’lum böldi.

Buloqboşi tumani hokimligi xabariga köra, tuman hududidan oqib ötuvçi katta Janubiy Farğona kanalida 26 iyul kuni ertalab suv yuzasida köpiklar paydo bölgan. 

«Uşbu holat böyiça darhol Sanepidqöm Buloqboşi tumani bölimi tomonidan belgilangan tartibda suv namunalari olindi va laboratoriya tahlillari uçun yuborildi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

«Özgidromet» xabariga köra, kanal köpiklanib ketgani haqidagi lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, Ekologiya qömitasi xodimlari tomonidan tekşiruv işlari olib borilgan.

Tekşiruvlar natijasida kanal suvining fizik va kimyoviy tarkibi özgargani aniqlangan. Bunga sabab sifatida trikotaj-tikuv fabrikasi matolarni qayta işlaş uçun sarflagan suvni kanalga oqizgani körsatilgan. Oqibatda suvning körinişi va tarkibi özgargan. Suv tarkibida nitrit va nitrat tuzlari, işqor va böyoqlar borligi aniqlangan. Fabrika nomi xabarda keltirilmagan.

Ta’kidlanişiça, Ekologiya qömitasi mas’ul xodimlari tomonidan muammo bartaraf etilgan.