2017 yil 4 may kuni  Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi idorasida OAV vakillari intirokida press-konferensiya taşkil etildi. Tadbirda YeI Özbekistondagi elçisi Eduards Stiprays özining bayonoti bilan iştirok etdi. 

Elçi anjuman davomida Yevropa Ittifoqi hamda Özbekiston örtasidagi aloqlarga batafsil töxtalib ötdi va mamlakatda amalga oşirilayotgan hamkorlikdagi loyihalar bilan taniştirdi. 

“Özbekiston hukumati bilan siyosiy munosabatlar jadal sur'atda ösib borayotganini alohida qayd etiş lozim. Bunga 2016 yilning oktabridan beri mamlakatingizdagi turli vazirliklar va davlat idoralari  hamda YeI rasmiy vakillari iştirokida kuzatib kelinayotgan uzluksiz uçraşuvlar yaqqol misol böla oladi. 
Yevropa Ittifoqi yaqinda qabul qilingan 2017-2021 yillardagi beşta ustuvor yönalişlarda Özbekiston Respublikasining rivojlantiriş böyiça harakatlar strategiyasini, şuningdek, Özbekiston va YeI örtasidagi turli hamkorlik dasturlariga katta qiziqiş bildiradi. Mazkur hujjatda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni moliyalaştiriş orqali ularni qöllab-quvvatlaşga tayyor”, - deydi YeI elçisi Eduards Stiprays .

Şuningdek, elçi öz nutqi davomida YeI va Özbekiston örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida ham atrofliça töxtalib ötdi. Ma'lum bölişiça, 2016 yilda ikki tomonlama savdo ayirboşlaş 1 mlrd 800 mln yevroni taşkil etgan. YeI öz navbatida, Xitoy, Rossiya va Qozoğistondan söng törtinçi örinni egallagan holda Özbekistonning eng yirik savdo hamkorlari beşligiga kirdi.