2017 yil 4 may kuni  Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi idorasida OAV vakillari iştirokida press-konferensiya taşkil etildi. Tadbirda YeI Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays özining bayonoti bilan iştirok etdi.

Eduards Stiprays

Anjuman davomida elçi Özbekistondagi valyuta siyosatiga öz munosabatini bildirib ötdi: 
"Özbekistondagi mavjud valyuta siyosati köp hollarda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişga tösqinlik qiladi. Bu heç kimga sir emas. Ayni damda, bu Özbekiston hukumati tomonidan hal etilayotgan muhim  masalalardan biridir.

2017-2021 yillarda beşta ustuvor yönaliş böyiça Özbekiston Respublikasining  harakatlar strategiyasida valyuta tizimini tartibga soliş uçun bozor vositalarini joriy etilişi qayd etilgan va bu xorijlik sarmoyadorlar uçun kuçli işora bölişi mumkin", - deydi YeI delegatsiyasi rahbari. 

Elçining sözlariga köra, investitsiyalar foyda körişning imkoni yöq bölgan yerga emas, biznes uçun qulay şart-şaroitlar yaratilgan muhit tomon oşiqadi.