SpaceX kompaniyasi 4425 ta sun'iy yöldoşdan iborat guruh yordamida butun dunyo böylab internet ulaşadigan dasturning boşlanişi muddatini ma'lum qildi. Yer orbitasida sun'iy yöldoşlardan iborat tarmoqning qurilişi 2019 yilda boşlanadi, deb yozmoqda kompaniyaning vitse-prezidenti Patritsiya Kuperga iqtibos keltirgan holda The Verge naşri.
2017 yilda SpaceX orbitaga sun'iy yöldoşning prototiplaridan birini, 2018 yilda esa ikkinçisini uçirmoqçi. Ilk sun'iy yöldoşlar texnologiyani sinovdan ötkaziş uçun möljallangan, agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, tölaqonli tarmoqning birinçi segmentlari 2019 yilda paydo böladi.
Tarmoq töla quvvat bilan işlaşiga 2024 yilda erişilmoqçi. Tarmoq yerdagi boşqaruv markazlari va boşqa inşootlar yordamida qöllab-quvvatlanadi. Bu inşootlar ham kompaniya tomonidan quriladi. Kompaniya sun'iy yöldoşlarni orbitaga faqatgina özining Falcon 9 raketalarida yetkazmoqçi, bu xarajatlarni qisqartirişi va boşqa kompaniyalardan tobelikni kamaytirişi kerak.
Kuperning aytişiça, bu tarmoq kompaniyalarni butun dunyo böylab internetga ulaniş uçun infratuzilmani yaratişdan xalos etadi. Ars Technica naşrining ma'lum qilişiça, bunday tarmoq foydalanuvçilari uçun terminallar noutbuk ölçamidek böladi, ulaniş tezligi kabel orqali ulaniş darajasida böladi.
Kompaniya sun'iy yöldoşlarning dasturiy ta'minotini muntazam yangilab bormoqçi va tarmoqni turli özgarişlarga, misol uçun juda yuklangan hududlarda sun'iy yöldoşlarni guruhlaşga moslaştirmoqçi. WSJ ma'lumotlariga köra, kompaniya loyihaning tijoriy muvaffaqiyatiga katta umid boğlamoqda va undan yiliga 30 mlrd dollardan köproq tuşum va 15-20 mlrd dollar operatsion daromad olmoqçi.
The Verge’ning ta'kidlaşiça, bu loyiha Yer orbitasida sun'iy yöldoşlar umumiy sonining keskin, ya'ni deyarli 4 martaga oşişiga olib keladi. Hozirda koinotda 1,5 mingtaga yaqin sun'iy yöldoş bor. Naşr bu ğoya kelajakda raketalarni koinotga uçirişni murakkabroq va xavfliroq körinişga olib kelişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.








