Toyota Land Cruiser dunyodagi eng tezyurar krossover böldi. Kaliforniyaning Moxava çölidagi aerokosmik sinov markazining uçiş polosasida avtomobilning tyuning qilingan varianti soatiga 370 km tezlikka erişa oldi. Bu esa Brabus atelesi tomondan yaratilgan, V12 motorli Mercedes-Benz GLK krossoveri örnatgan avvalgi rekorddan 31 km köproqni taşkil qilgan.

Avtomobil rulida NASCAR poy  ga seriyasida "Toyota" jamoasi uçun iştirok etgan sobiq poygaçi Karl Edvards böldi. Rekordni örnatiş uçun 4 km lik uçiş polosasi hozirlandi: poygaçi yuqoridagi tezlikka 2,5 km masofada erişa olişi va qolgan masofa, ya'ni 1,5 km lik yölda xavfsiz töxtaşi kerak edi.

Foto: motor.ru

Bu natijaga qaramasdan, rasmiy rekord hanuz "Brabus"ga tegişli bölib qolmoqda. Toyota vakillarining aytişiça, Ginness rekordlar kitobida Land Cruiser’ni yöltanlamaslar toifasiga kiritişdan boş tortişgan. Bundan taşqari, eng tezyurar "Brabus"ni sotib oliş mumkin, uşbu "Lend Kruzer" esa faqat yagona nusxada yaratilgan.    

Tezyurar Toyota Land Cruiser loyihasi ötgan yil SEMA körgazmasida ham namoyiş qilingandi. Avtomobil 2000 ot kuçiga ega 5,7 litrli, ikkita Garrett turbinasiga ega dvigatel, professional dreg-karlarda qöllanuvçi uç poğonali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Bundan taşqari, avtomobil orqa privodli bölib, oğirligi 2,5 tonnadan köproq bölgan. 

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru