Rimning «Latsio» jamoasi Italiya çempionatining 35-turini «Sampdoriya»ga qarşi ötkazdi.

Rimliklar Marko Jampaolo jamoasi darvozasiga 7ta gol urişdi. Mezbonlar safida Çiro Immobile dubl qayd etdi. Mehmonlar Toma Strakoşi qöriqlayotgan darvozani uç bor işğol etişdi.

Bu ğalaba «Latsio»ga turnir jadvalida «Roma»ga yaqinlaşib oliş imkonini berdi, «Sampdoriya» 10-örinda qoldi.

Yana bir uçraşuvda «Inter» yutqazib, ğalabasiz seriyani 7ta öyinga yetkazdi. Milanliklar klubi «Jyenoa»dan mağlub bölişdi, uçraşuvdagi yagona gol Goran Pandev tomonidan 70-daqiqada urildi.

87-daqiqada Antoni Kandreva penaltini aniq amalga oşira olmadi, köp ötmasdan Jyeffri Kondogbiya qizil kartoçka olib «Inter»ni kamçilikda qoldirdi.

Bu mağlubiyatdan keyin «Inter» yevrokuboklardan amalda mahrum böldi. «Atalanta» agar qolgan 3ta turda 1 oçko olsa ham milanliklar Yevropa Ligasida öynamaydi.

Italiya A Seriyasi, 35-tur

«Latsio» (Rim) – «Sampdoriya» (Genuya) – 7:3 (5:1)
Gollar: Keyta, 3. Immobile, 19 (penalti), 70. Xudt, 36. Anderson, 38 (penalti). de Vrey, 45. Luliç, 65. – Linetti, 32. Kvalyarella, 72. 90 (penalti)
Çetlatiş: Şkrinyar, 18 («Sampdoriya»)

«Empoli» (Empoli) – «Bolonya» (Bolonya) – 3:1 (2:1)
Gollar: Kroçe, 5. Paskual, 38. Kosta, 46 – Verdi, 11

«Kevo» (Verona) – «Palermo» (Palermo) – 1:1 (0:0)
Gollar: Pellisse, 66 (penalti) – Goldaniga, 88

«Jyenoa» (Genuya) – «Inter» (Milan) – 1:0 (0:0)
Gol: Pandev, 70
Çetlatiş: Kondogbiya, 88 («Inter»)
Amalga oşirilmagan penalti: Kandreva, 87 («Inter»)