9 may. Erta tongdan Farğona viloyatining şahar va tumanlarida istiqomat qiluvçi uruş va mehnat faxriylari, joylardagi jamoat taşkilotlari vakillari jasorat, burç va matonat bayramining asosiy tadbirlarini nişonlaş uçun Farğona şahridagi xotira maydoniga yiğilişdi. Faxriylar uşbu maydonda bunyod etilgan zamonaviy favvoralar atrofida viloyat jamoatçiligi, yoşlar bilan dildan suhbat qurdilar.

Farğona viloyati hokimi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qöyiş marosimini boşlab berdi. Marosimda viloyat jamoatçiligi, korxona va taşkilotlar, ta'lim muassasalari vakillari millat onasi ramzi poyiga gulçambarlar qöyişdi. Bu yerda yiğilganlar maydondagi “Xotira kitobi”ni varaqlab, ötganlar xotirasini yod etişdi.

Mustaqillik yillari uruşda halok bölgan yurtdoşlarimiz xotirasini yod etiş, janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, oğir kunlarni sabr-bardoş bilan yenggan, maşaqqatli daqiqalarda ham özligini yöqotmagan, imoni butun yurtdoşlarimizga hurmat-ehtirom körsatildi.

Ötganlar ruhini yod etiş, tiriklarga mehr-oqibat körsatiş qadriyat, qolaversa har bir insonning burçi, vazifasi sanaladi. Mana şu ezgu fazilatlar 9 may Xotira va qadrlaş kuni sanasi munosabati bilan yanada yorqin namoyon böldi. Darvoqe, dunyoda Ikkinçi jahon uruşi dahşatlarining guvohi va iştirokçisi bölgan kişilar safi tobora kamayib bormoqda. Ana şunday vatanparvar insonlarning 156 nafari Farğona viloyatida istiqomat qilmoqda.

Inson insonga malham deyişadi. Bu faylasufona gapning zamirida bir-birimizga körsatayotgan e'tibor, mehr-muhabbat kabi ezgu tuşunçalar mavjud. Aslida bu kabi ezgu könikmalar qon tomirimizga singib ketgan özligimizning bir körinişi, xolos.

Demoqçi bölganimiz, oltin merosini, tarixini qadrlaydigan yoşlari bor yurtning kelajagi ötmişi kabi buyuk böladi.









