Qozoğistonning Ostona, Olmaota va boşqa yirik şaharlarida Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 72 yilligiga bağişlab «Ölmas polk» aksiyalari ötkazildi.

9 may kuni Rossiya va boşqa xorijiy davlatlarda öninçi marta «Ölmas polk» tadbirlari ötkazilmoqda. 

«Ölmas polk» aksiyasi 2007 yili xalq taşabbusi sifatida Tomskda boşlangan edi. Keyinçalik u butun Rossiyada hamda qator boşqa davlatlarda ötkazila boşlandi. Aktsiya iştirokçilari köçalarga çiqib, uruşda qatnaşgan öz yaqinlarining suratlarini kötargan holda köçalardan yurib ötib, ularni xotirlaydi. Ötgan yilda bunday aksiyalar dunyoning 50 davlatida ötkazilgan.

Qozoğiston poytaxtida «Ostona ölmas polk - tinçlik marşi» nomi ostida an'anaviy tadbir «Kazak yeli» (Qozoq eli) haykali oldidan boşlanib, «Otan korgauşlar» (Vatan himoyaçilari) memorialiga qadar yölda (3,6 km) bölib ötgan.

Şuningdek, respublikaning Olmaota şahrida ham «Ölmas polk» tadbirlari ötkazilgan. Qatnaşçilarning umumiy soni ma'lum emas, 2016 yilda Olmaotada 15 ming kişi, Ostonada esa 5 ming kişi şunday tadbirlarda iştirok etgandi.

Bugun Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida ham Ğalaba kuni munosabati bilan «Ölmas polk» tadbirlarida minglab kişi qatnaşdi.

Minglab kişilardan iborat namoyişçilar kolonnasi Bişkek janubidagi Ğalaba xiyobonidan çiqib Ğalaba maydonidagi mangu olov oldiga qadar yurib borişgan. Qirğizistonda bunday marşlar 2014 yildan buyon ötkazila boşlandi. Ötgan yili tadbirlarda 15 mingga yaqin kişi iştirok etgandi, bu yil köçalarga 20 mingga yaqin kişi çiqişi kutilgandi.

Ikkinçi jahon uruşi frontiga 300 mingdan ortiq qirğizistonlik borgan, ularning 100 ming nafari ortga qaytmagan. Hozirda Qirğizistonda Ikkinçi jahon uruşi faxriylaridan 640 nafar qolgan.

Islom an'analariga töğri kelmaganligi bois taqiqlanganiga qaramasdan Tojikistonda ham «Ölmas polk» aksiyasi ötkazildi.

Duşanbe şahrida 300 nafar çoğli kişi öz otalari va bobolari suratlarini kötargan holda köçalarga çiqqan.

Foto: Asia-Plus

Holbuki 5 may kuni «Xovar» davlat axborot agentligi Tojikiston rasmiylari «Ölmas polk» aksiyasi avval boşidan respublikada «Ğalaba kuni»ni nişonlaş borasidagi rejaga kiritilmagani uçun Duşanbeda ötkazilmasligi haqida xabar bergandi.