7 may kuni Turkiyaning Konya şahridagi köngiloçar boğlardan birida "Adrenalin minorasi" deb ataluvçi attraksionda texnik nosozlik sababli 10 ga yaqin odam turli oğirlikdagi jarohatlar oldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, attraksion işlayotganda uning trosi uzilib ketgan. Voqea vaqtida attraksion kabinasida 17 kişi bölgan. Yuqoriga kötarilib, keyin keskin pastga tuşiriluvçi attraksion 25 metr balandlikka kötarilgaç, pastga tuşirilayotganda asosidan 2 metr balandlikda troslari uzilib ketgan.
Buning oqibatida kabina metall platformaga keskin urilgan. Jarohat olganlar yaqin oradagi gospitalga yetkazilganlar. Şifokorlar ularning hayotlari xavf ostida emasligini ma'lum qilganlar.










