9 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada ötayotgan "Ölmas polk" yurişi iştirokçilariga Qizil maydonda qöşildi va ular bilan birga Vasilevsk qiyaligigaça yurib ötdi. U söngra yuriş iştirokçilari bilan xayrlaşib, Spassk minorasi orqali Kremlga qarab ketgan. Putin yurişda otasi Vladimir Spiridonoviç Putinning suratini olib ötdi.
Putin "Ölmas polk" yurişida uçinçi marta iştirok etmoqda. Uning otasi frontda NKVDning qöporuvçilik otryadida xizmat qilgan va operatsiyalardan birida jarohatlangan.
"Ölmas polk" aksiyasi Rossiyada va boşqa davlatlarda Ğalaba kuni ötkaziladi. Bu aksiya davomida odamlar Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan yaqinlarining suratlarini olib ötadilar. Birinçi marta bu aksiya Tomsk şahrida ötkazilgan. 2015 yilda uşbu aksiya davomida butun Rossiya böylab 12 mlnga yaqin odam iştirok etgan. Şundan keyin "Rossiya ölmas polki" deb atalgan fuqarolik-vatanparvarlik jamoatçilik harakati taşkil etilgan.
Joriy yilda aksiya 10-marotaba ötkazildi. Ötgan yili uşbu aksiya 50 ta davlatda bölib ötgan.











