Angliya premer-ligasining 26-turidan örin olgan qoldirilgan uçraşuv bölib ötdi. Unda «Sauthempton» «Arsenal»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 60-daqiqasida Aleksis Sançes hisobni oçib, özining bu mavsumdagi 20-golini kiritgan bölsa, maydonga tuşganiga köp bölmagan, Olive Jiru farqni ikkitaga oşirdi.

Natijada «Arsenal» deyarli 14 yillik tanaffusdan söng ilk marta «Sauthempton» uyidan ğalaba bilan qaytadigan böldi. Sönggi marta jamoa bu yerda 2003 yilning dekabrida ğalaba qozongandi.

Uşbu muhim ğalabadan keyin «Arsenal» hisobidagi oçkolar soni 66taga yetdi va jamoa 5-öringa kötarilib oldi. Endilikda Venger şogirdlari «Liverpul»dan bitta kam uçraşuv ötkazgan holda, 4 oçko ortda borayotgan bölsa, bir xil öyin ötkazgan «Siti»dan uç oçkoga ortda qolmoqda.

Angliya premer-ligasi
26-turning qoldirilgan uçraşuvi

Sauthempton – Arsenal 0:2 (0:0)
Gollar: Sançes (60), Jiru (83).
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soareş, Yosida, Tadiç (Rodriges, 80), Devis, Redmond (Long, 70), Uord-Prouz (Bufal, 70), Gabbyadini, Romeu.
Arsenal: Çex, Mustafi, Monreal, Gibbs, Holding, Çaka, Oksleyd-Çemberlen (Belerin, 36), Özil (Koklen, 89), Remzi, Sançes, Uelbek (Jiru, 80).
Ogohlantirişlar: Uord-Prouz (44), Özil (73), Belerin (90).