Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 11 may kuni davlat taşrifi bilan Pekin şahriga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avval xabar qilinganidek, XXR Raisi Si Tszinpin, Davlat Kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qömitasi Raisi Çjan Detszyan va boşqa rahbarlar bilan uçraşuv va muzokaralarda özaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Özbekiston va Xitoy örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaş va izçil rivojlantirişning ustuvor yönalişlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar. 

Taşrif dasturida davlat rahbarining Xitoy yetakçi kompaniya va firmalari vakillari bilan uçraşuvi rejalaştirilgan bölib, unda Özbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda özaro foydali qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqiladi. 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qöşma bayonot qabul qilinişi, Özbekiston bilan Xitoy örtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boşqa qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan. Taşrif doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy şartnoma va bitimlar imzolanişi kutilmoqda. 

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 may kunlari Pekin şahrida “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida iştirok etadi.