Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, musobaqalarda boshqa konfederatsiya vakili sifatida Meksika, AQSh, Ispaniya, Portugaliya, Yaponiya va Xitoy terma jamoalari musobaqaga taklif etilishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Amerika kubogida ishtirok etish istagini Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari ham bildirishgan. Musobaqada jami 6ta taklif etilgan terma ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Kopa Amerika musobaqasi so‘nggi marta toq yilda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Keyingi musobaqa 2020 yilda bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng har bir turnir 4 yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan.