Rossiya harbiylari Ukraina va Polşa çegarasidan bir neça kilometr masofadagi «Yagodino» nazorat-ötkaziş punkti yaqinidagi yoqilği quyiş şoxobçasi va poyezdga dronlar bilan zarba berdi.
Ukraina naşrlari guvohlarning foto va videolariga tayanib xabar berişiça, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida kuçli yonğin röy bergan. Uning atrofida turgan yuk maşinalari yonib ketgan. «Suspilne» maʼlumotiga köra, ikki haydovçi jarohat olgan. Şuningdek, supermarket binosi şikastlangan. «Yagodino» – Ukraina va Polşa örtasidagi muhim avtomobil ötiş nuqtalaridan biri hisoblanadi.
RF qöşini Polşa bilan çegaradan ikki kilometr masofadagi yölovçi poyezd lokomotiviga ham zarba bergan. Ukraina temiryöllari matbuot xizmati xabar qilişiça, poyezd brigadasi zarba xavfi haqida ogohlantirilgandi, şuning uçun qurbonlar bölmagan.
Ukraina temiryöllari rahbari Oleksandr Persovskiy taʼkidlaşiça, Rossiya qöşinlari ikkinçi kundirki temiryöl infratuzilmasiga – depolar, stansiyalar va vagonlarga uzluksiz hujum qilmoqda.
Rossiya zarbalari tufayli butun mamlakat böylab poyezdlar harakati jadvali buzilgan. Ayrim yönalişlar 18 soatdan ortiq vaqtga keçiktirilgan.
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Rossiyaning Ukraina-Polşa çegarasi yaqinidagi zarbalari «Putinning töğridan töğri Yevropa Ittifoqi va NATO eşiklarini „taqillatayotgan“ terrori» ekanini taʼkidladi. «Rossiya varvarlari allaqaçon darvozalaringizda, qadrli hamkorlar», - dedi Sibiga. U Yevropa davlatlarini «öz sanksiyalarining butun kuçini Putinning tajovuzkor rejimiga qarşi» işlatişga, jumladan, töliq savdo embargosi va rossiyaliklarning kirişini töliq taqiqlaşga çaqirdi.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaning ğarbiy hududlarida «Yevropa mamlakatlaridan harbiy yuklarni taşişni taʼminlaydigan temiryöl infratuzilmasi obyektlari»ga zarbalar berilganini bildirgan.


















