Oxirgi haftalarda «Real» braziliyalik yangi iste'dod Vinisius Juniorni transfer qiliş uçun 61 million yevro bermoqçiligi haqida xabarlar tarqaldi.
U kim?
«U hali 19 yoşda, klub esa uning transferi uçun 32 mln yevro berdi. Köp emasmi?». Xosep Gvardiola jilmayib javob qaytargandi: «Men bilmayman. Ammo bir neça yildan keyin u juda qimmat turadi».
Gap Gabriel Jyezus haqida, hozirda Mançesterda Serxio Agueroning örnini olib qöygan braziliyalik boşqa futbolçi haqida ketmoqda. Zamonaviy futbolda şunday qoida yuzaga kelgan – kim yoş yulduzni tezroq qölga kiritmoqçi bölsa, kattagina mablağni investitsiya qilişi kerak.
Hozirda Ispaniyada uşbu yoş futbolçining Madridga kelişi mavzusi muhokamalar markazida. «Flamengo» a'zosi hisoblanadigan Vinisius Junior tibbiy körikdan ötgan, dastlabki kelişuvga erişilgan.
«Real» braziliyalik yangi iste'dod uçun 61 million yevro bermoqçi
Barçasi odatdagidek körinadi – grand klublar odatda Janubiy Amerikada yoş iqtidorlarni izlab, ularni Yevropaga olib ketişadi. Ammo bu yerda boşqaçaroq. «Real» «Flamengo»ning badal puli 30 million yevro bölgan 16 yoşli futbolçisi uçun 45 mln yevro tölamoqda, yana agentga va futbolçiga 8 million yevrodan. U hali asosiy jamoada bitta ham öyin ötkazmagan!
Bunday katta mablağga Junior uçun ov qişdayoq boşlangani tufayli yuzaga keldi. Unga «Çelsi», «Mançester Yunayted» va «Barselona» kabi jamoalar tomonidan jiddiy qiziqişlar bor va ular ham transfer uçun şartnomada körsatilgan mablağni sarflaşga tayyor edi. Uşbu futbolçini «yangi Neymar» deya atay boşlaşgandi.
«Real» yoş futbolçi uçun kosmik summa taklif etib, barça raqiblarni yöldan olişga qaror qildi. Qiziq tomoni Vinisius Madridda 2018 yilga boribgina paydo bölişi mumkin, u öşanda 18 yoşga töladi. U «Kastilya»da emas, biratöla asosiy jamoada öynay boşlaydi.
Uning alohida jihati nima?
Vinisiusning talanti haqida köplar şu yil qişida ötkazilgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionati vaqtida bilib olişdi. Uning Paragvay himoyaçilarini istagan köyiga solganini tribunalarda olqişlaşdi.
Real Madrid have just bought 16-year-old Vinícius Júnior from Flamengo for £38m!
— 7 Of The Best (@7otbfootball) May 10, 2017
He hasn't yet made a senior appearance but he can do this: pic.twitter.com/VYXXS62adi












