Amerikalik sobiq josus Edvard Snouden Milliy xavfsizlik agentligi (MXA)ning virusli kiberhujumlarga aloqadorligini rad etmayapti. Uşbu virusli kiberhujumlar oqibatida 70 dan ortiq mamlakatlardagi turli taşkilotlar, davlat idoralari serverlari va kompyuterlari zararlangani haqida avval xabar berilgan edi. Snoudenning ta'kidlaşiça, agar MXA öz vaqtida tizimda aniqlangan zaif nuqtalarni ma'lum qilganida bunday keng qamrovli oqibatlarning oldini oliş mumkin bölar edi.
Bir vaqtlar MXAda işlagan, bugungi kunda Rossiyada istiqomat qilib kelayotgan Edvard Snouden WannaCry virusi yordamida amalga oşirilgan keng qamrovli kiberhujumlarda agentlik bilvosita aybdor degan fikrni ilgari surmoqda.
Snoudenning qayd etişiça, MXA dasturlarga hujum qiliş uçun xavfli instrumentlarni işlab çiqqan. 12 maydagi xakerlik hujumlari bunday harakatlar nimalarga olib kelişi mumkinligining isbotidir.
Snouden söz yuritayotgan zaifliklar Shadow Brokers xakerlik guruhi tomonidan joriy yil aprel oyida internet tarmoğiga qöyilgan edi. U Windows operatsion tizimida işlaydigan kompyuterlarga tahdid soladigan eksploytlar töplamidan iborat edi.
Uşbu joylaştiriş bomba portlaşi effektini bergan, çunki butun dunyodagi xakerlarga millionlab kompyuterlarni zararlaşga imkon berdi.
Bundan taşqari, Amerika mudofaa vazirligida işlagan manbalardan biri Motherboard naşriga bergan interyusida bu joylaştirişni «Snouden voqeasidan keyingi eng yomoni» deb baholagan.
Hozirça, kuni keça amalga oşirilgan global xuruj ortida kimlar turgani noma'lum, biroq Snouden bunda MXAni bevosita bölmasa-da aybdor deb bilmoqda. Shadow Brokers eksploytlari joylaştirilganidan söng uşunday yozgan edi: «MXA ötgan yili uning xakerlik arsenali öğirlanganidan xabardor edi. Ammo, dasturiy ta'minotlar işlab çiqaruvçilarini bundan öz vaqtida ogohlantirmadi. Demak, bu ularning aybimi?».
Dunyoning 74 mamlakatida örnaşib olgan WannaCry virusi kompyuterga tuşganidan keyin undagi barça fayllarni şifrlab, barça ma'lumotlar va fayllarni tösib qöyadi hamda uni oçiş uçun pul talab qiladi.
Antivirus dasturlar işlab çiqaruvçi Avast kompaniyasining Rossiya va MDHdagi vakili Aleksey Fyodorovning «Gazeta.Ru» saytiga bergan intervyusida aytişiça, 12 maydagi kiberxuruj tarixdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.













