AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini oldi. Bu haqda uning advokati Anatoliy Kuçerena xabar berdi.

«Ha, pasport oldi. Qasamyod qildi», dedi advokat.

Advokat, şuningdek, Snoudenni bir kun oldin körganini va uning ahvoli yaxşi ekanini qayd etgan.

Sentyabr oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi prezidenti farmoni e’lon qilindi, unga köra AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligi berildi.

2017 yilda Snouden va amerikalik sportçi Lindsi Mills Moskvada turmuş qurişgan edi.

Kuçerenaning aytişiça, Snoudenning rafiqasi hozirda Rossiya fuqaroligini oliş uçun ariza topşirgan.

2013 yilda Snouden AQŞ razvedka idoralarining butun dunyo böylab kuzatuv dasturlarini matbuotda oşkor qilgan edi. Ma’lumotlar keng muhokamaga sabab böldi. Şundan söng, unga vatanida josuslik va davlat mulkini öğirlaş böyiça sirtdan ayblov qöyildi. Snouden avval Gonkongga, keyin esa Rossiyaga qoçib ketgan edi. AQŞ hukumati Snoudenni qidiruvga bergan.