Putinning 26 sentabr kuni e’lon qilingan farmonida u tomonidan Rossiya fuqaroligi berilgan 72 kişining familiyasi körsatilgan, ular orasida Snouden ham bor. Kreml unga fuqarolik taqdim etilgani böyiça alohida şarh bermagan.

Milliy xavfsizlik agentligi hamda Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden 2020 yil noyabridayoq Rossiya fuqaroligi uçun ariza bergandi. Öşanda u rafiqasi Lindsi Mills bilan farzand kutayotgandi. Snouden rafiqasi bilan baribir «amerikalik bölib qolişi»ni va öğlini ham özlari yoqtirgan Amerikaning barça qadriyatlari asosida (xususan, fikrini erkin ifoda etiş erkinligi kabi) tarbiyalaşini qayd etgandi. 

Edvard Snouden 2013 yil iyunidan buyon Rossiyada yaşab keladi. 2014 yil avgustida u uç yil muddatga yaşaş uçun guvohnoma olgandi, 2017 yilda uning muddati uzaytirilgan. 2021 yil oktyabr oyi oxirida Snouden uçun Rossiyada yaşaş guvohnomasi muddatsiz qilib uzaytirib berilgan. Uning yaşaş manzili xavfsizlik maqsadlarida sir tutiladi. 

Snouden 2013 yilda Washington Post va Guardian gazetalari jurnalistlariga Milliy xavfsizlik agentligining elektron kuzatuv uslublari haqida ma’lumot berib, amerikalik fuqarolarni kuzatib boriş dasturiga oid hujjatlarni topşirgandi. Keyin u Hongkongga uçib ketgan, u yerdan Moskvaga yöl olgan. Moskvadagi Şeremetevo aeroportida u bir oydan oşiq vaqt davomida tranzit hududida yaşagan.

AQŞda unga josuslik va davlat mulkini öğirlaş böyiça sirtdan ayblov e’lon qilingan. Unga maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilganlik uçun 30 yillik qamoq jazosi tahdid soladi.

CBS kanaliga bergan intervyusida Snouden vataniga qaytişni xohlaşi, ammo bu faqatgina sudda öz himoyasini jamoat manfaatlarini közlab harakat qilgani asosida qurişga ruxsat berilsagina röy berişi mumkinligini aytgan.

Snoudenga fuqarolik beriş töğrisidagi qaror Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqini va bu Ğarbning barça davlatlari tomonidan qoralanişi hamda Moskva xalqaro maydonda yakkalanib qolişi fonida qabul qilindi.

21 sentabr kuni Putin Rossiya fuqarolarini qisman safarbar etiş töğrisidagi farmonini imzoladi.