Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin Pekindagi "Bir makon, bir yöl" forumi doirasida uning iştirokçilariga Osiyo energetik halqasi loyihasiga kirişni taklif qiladi. 

Ma'lum qilinişiça, bu masala forumning ikkinçi kuni, 15 mayda bölib ötadigan davra suhbatida körib çiqiladi.

"Uşbu taşabbus 2016 yil Vladivostokdagi Şarqiy iqtisodiy forumda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlarining energetika sohasida özaro aloqadorligini oşiriş maqsadida bildirilgan. Hamkorlarga noyob qöşma loyihani, ya'ni Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va ehtimol, boşqa davlatlar energiya tizimlarini birlaştirişi mumkin bölgan Osiyo energetik halqasini yaratişni amalga oşiriş taklif qilinadi", deb aytdi Uşakov.   

Uşakovning aytişiça, "Birgalikda rivojlaniş uçun özaro aloqadorlikni kuçaytiriş" mavzusidagi davra suhbati doirasida transport infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari körib çiqiladi.