13 may kuni Toşkent şahrida «Bahorgi ayollar velomarafoni» bölib ötdi. Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati bergan xabarga köra, Butunjahon oila kuniga bağişlab taşkil etilgan mazkur velomarofon Özbekiston xotin-qizlar qömitasi hamda mamlakat velosiped sporti Federatsiyasi taşabbusi bilan ötkazildi. Musobaqa uç yoş toifasida taşkil etildi.
Birinçi toifadan 18 -30 yoşli xotin-qizlar örin olgandi, 31-45 yoşli iştirokçilar ikkinçi toifaga ajratildi. Uçinçi yoş toifasini esa yoşi 45dan oşgan ayollar taşkil etişdi. Marafonda nafaqat professional sportçilar, şuningdek, san'at va sport yulduzlari va havaskorlar iştirok etişdi.
Toşkentning Abdulla Qodiriy köçasi böylab jami 5 km masofada ötkazilgan marofonda bir yarim mingdan ziyod xotin-qizlar iştirok etişdi. Natijalar quyidagiça köriniş oldi:
Professional sportçilar bahsi
1. Margarita Misyurina
2. Olga Jantuganova
3. Sofiya Karimova
18-30 yoşli xotin-qizlar örtasida
1. Alena Şirakalova (Toşkent)
2. Adolat Sotvoldiyeva (Toşkent)
2. Mahliyo Nurkiyeva (Toşkent viloyati)
3. Hilola Dilmurodova (Toşkent)
3. Yelena Galika (Toşkent viloyati)
3. Dildora Sofiyeva (Toşkent)
31 – 45 yoşli ayollar örtasida
1. Olga Drobişeva (Toşkent)
2. Olga Şatalova (Toşkent)
2. Şohista Sodiqova (Toşkent viloyati)
3. Yevgeniya Iratova (Toşkent)
3. Hulkar Abdujapparova (Toşkent viloyati)
3. Svetlana Apsetova (Toşkent viloyati)
45 yoşdan katta ayollar örtasida
1. Svetlana Isayeva (Toşkent)
2. Svetlana Şirkayeva (Toşkent)
2. Dilfuza Olloyorova (Toşkent viloyati)
3. Firdaus Deminskaya (Toşkent)
3. Alyona Polyakova (Toşkent viloyati)
3. Gulçehra Peritkulova (Toşkent viloyati)
Velomarafon yakunida ğolib va sovrindor bölgan iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norbayeva iştirok etdi.












