Özbekiston va Turkiya yaqin yillarda özaro tovar aylanmasi hajmini hozirgi 1,2 mlrd dollardan 2-3 marotaba köproqqa oşirmoqçi. Bu haqda Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vaziri örinbosari Hasan Çelik Anqarada ötayotgan "Turkiya va Özbekiston iqtisodiy munosabatlari" anjumanida aytib ötdi.
Çelikning aytişiça, ikki davlat özaro iqtisodiy munosabatlarda tarixiy yaqinligini aks ettirişi kerak. Uning fikriça, Özbekiston va Turkiya ikki davlat manfaatlari yölida hamkorlikning aniq yönalişlari böyiça işlaşi lozim.
Anjuman davomida iştirokçilar Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarga yaratilgan şaroitlar, turk kompaniyalari bilan birgalikda amalga oşiriş taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot olişdi.
Şuningdek, sayyohlik sohasidagi, jumladan mehmonxonalarni rekonstruksiya qiliş, kurort-rekreatsion hududlarni yaratiş böyiça investitsion loyihalar namoyiş qilindi.
Tadbirda Turkiya vazirliklari, boşqarmalari, savdo palatalari, töqimaçilik, farmatsevtika, turizm, çarm sanoatida faoliyat yurituvçi yirik kompaniyalar rahbarlari va vakillari iştirok etdi.











