«Real Madrid» yarimhimoyaçisi Xames Rodriges «Sevilya»ga qarşi Ispaniya çempionatining 37-turidan olgan uçraşuvda (4:1) 60-daqiqada zaxiraga olindi.

Xames maydondan çiqib ketayotganida maydondan çiqişga şoşilmasdan muxlislar bilan xayrlaşdi va ularga minnatdorçilik bildirib olqişladi. Xorij matbuotining yozişiça, bu Xamesning «Real» futbolçisi sifatida Madridda ötkazgan sönggi uçraşuvi edi.

«Real»ni oldinda yana uçta uçraşuv kutmoqda. Jamoasi Ispaniya çempionati doirasida ikkita uçraşuvni mehmonda ötkazadi («Selta» va «Malaga»ga qarşi). Yana bir uçraşuv «Yuventus»ga qarşi 3 iyun kuni bölib ötadigan YeÇL finali.

Ammo Xamesning ketişi haqidagi xabarlarni boş murabbiy Zidan tasdiqlamadi

«Xames ketayotgani haqida hali menga heç narsa demadi. Hozirgi vaqtda u — «Real Madrid» futbolçisi. Biz hozir faqat La-liga va YeÇL finali haqida öylamoqdamiz», degan Zidan.

Eslatib ötamiz, oldinroq, kolumbiyalik 26 yoşli futbolçi «Mançester Yunayted» bilan oğzaki kelişuvga erişib bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.