Afğoniston şarqida joylaşgan Jalolobod şahrida jangarilar teleradiokompaniyaga hujum qildi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, hujum Nangarhar viloyati markazida amalga oşirilgan.
Guvohlar teleradiokompaniya atrofida otişma davom etayotganini ma'lum qilişgan. Uşbu teleradiokompaniya binosi viloyat gubernatori uyi yaqinida joylaşgan.
Hozirça bu hujum qaysi guruh tomonidan amalga oşirilgani ma'lum emas. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ham hozirça aniq ma'lumot berilmadi.
28 aprel kuni «Tolibon» bahorgi hujumlarni boşlagani haqida e'lon qilgandi. Tolibonlar «xorijiy kuçlar va ularning içkaridagi yollanma kuçlariga qarşi» uruş olib borişni va'da qilişgan.












