Afğoniston şarqidagi Jalolobod şahrida şina öğirlaşda ayblangan erkak toliblar tomonidan sazoyi qilindi. Bu haqda Afghan Urdu yangiliklar resursi xabar berdi.
“Jalolobodda ikkita şina öğirlagan erkak uşlandi. Şinalar öğrining böyniga osib qöyildi va u şahar böylab sazoyi qilindi”, – deyiladi xabarda.
Xabarga ilova qilingan suratda jip maşinasida böyniga şinalar osilgan erkak qurollangan kişilar orasida turganini köriş mumkin.
Qayd etilişiça, bu boşqa jinoyatçilar uçun ogohlantiriş bölişi lozim. Toliblar avvalroq keskin çoralar orqali mamlakatda tartib örnatişlarini bildirgandi.


















