18:53 / 17.05.2017
9918

Boku-2017. Og‘ir atletikachilar yana bir oltin va bitta kumush oldi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning oltinchi kungi musobaqalari davom etdi.

Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik 3 nafar og‘ir atletikachi o‘z ishtirokini o‘tkazdi.

-105 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan og‘ir atletikachi Ivan Yefremov  sovrindorlar orasidan joy egalladi. U uchinchi natijani (380) qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Turnirning oltin va kumush medallari mos ravishda eronlik va iroqlik sportchilar Barori Muhammadrizo (395) hamda Salvon Alayfuriyga (391) nasib etdi.

+105 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan og‘ir atletikachi Rustam Jangabayev  dast va siltab ko‘tarishda eng yaxshi natijani ko‘rsatib (431), oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni eronlik Humoyun Teymuryan (414) va Ramin Rabifaradonbeh (399) egalladi.

O‘zbekistonning uchinchi vakili, 90 kg vazn toifasidagi Dolera Davronova to‘rtinchi o‘rinni (202) egalladi. Bu vazn toifasida sovrindorlar misrlik Dina Barokat (224), kamerunlik Klementina (223) Albertin Flore (207) bo‘lishdi.

Boku—2017. O‘zbekistonlik ikki bokschi finalga chiqdi, yana ikki nafari yarim final jangi arafasida

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 8ta, kumush 9ta va bronza 19tani tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid
Top