«Real» futbolçisi Xames Rodriges «Mançester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida közlagan asosiy futbolçi emas. 

ESPN naşri öz manbasiga asoslanib xabar berişiça, klub rahbariyatidagilar Xamesni sotib oliş taklifini bildirgan, ammo «MYu» boş murabbiyi Joze Mourino «Atletiko»dan Antuan Grizmanni olişni muhimroq, deb bilmoqda.

«Mançester Yunayted» transferlarga Yevropa Ligasi finali natijasiga köra kirişmoqçi. Agar jamoa finalda ğolib bölib, Çempionlar ligasiga yöllanma olsa, Grizmanni qölga kiritiş imkoniyatlari oşadi.

Qayd etilişiça, inglizlar klubi Grizmann bilan kelişib bölmasagina Xamesga yuzlanadi. Kolumbiyalik bu futbolçi Joze Mourinoning qisqa röyxatida yöq ekani aytilgan. 

Bundan avvalroq, 25 yoşli xavbek «MYu» bilan dastlabki kelişuvga erişilgani, yaqin kunlar içida bu haqda rasman e'lon qilinişi aytilgandi. «Real» Xames uçun 75 million yevro olişni istamoqda.

Xames «Real»da nega yöqolib qoldi? Futbolçining Madriddagi tarixi

Video: Xames Rodriges «Real» muxlislari bilan xayrlaşdi