16 may kuni «Özbektelekom» AK boş ofisida «Özbektelekom» AK rahbariyati va mutaxassislarining Google Global Cache (GGC) kompaniyasi vakillari bilan iş yuzasidan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv davomida hamkorlik hamda Özbekiston foydalanuvçilari uçun Google servislarining sifatini yaxşilanişi masalalari muhokama etildi.

Uçraşuvda GGC vakillari Deyv Şvarts va Yan Kliri «Özbektelekom» AK texnologik maydonida GGC uskunalarini örnatiş orqali Özbekiston foydalanuvçilari uçun Google servislari sifatining yaxşilanişi imkoniyatlarini namoyiş etdilar.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlik örnatiş böyiça kelişib oldilar. «Özbektelekom» AK tarmoğida GGC boğlamali CDN’ning işga tuşirilişi bilan Google eng ommaviy resurslarini keşlaş imkoniyati paydo böladi, bu esa Özbekiston foydalanuvçilari uçun Google servislarining sifatini sezilarli darajada oşiradi.