Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasida Toşkent Frantsuz alyansi raisi Şoazim Minovarovni Fransiyaning "Xizmatlari uçun" milliy ordeni zobiti kökrak nişoni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Minovarov Fransiya hukumati tomonidan Fransiya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş, Özbekistonda fransuz tili va adabiyotini örganişga qöşgan hissasi uçun taqdirlandi.
Fransiya elçisi Violen de Vilmor Minovarovga uşbu faxriy mukofotni uning oila a'zolari, yaqinlari va döstlari, fransuz tili şaydolari köz öngida topşirdi.
Orden odamlarning barça sohalardagi alohida xizmatlarini rağbatlantiriş maqsadida taqdim etiladi. Orden örnak böliş, istaklarni birlaştiriş va Fransiya şuhratini yoyiş uçun qöşilgan hissani munosib taqdirlaş kabi qadriyatlarni özida mujassam etadi.











