Fransiyada qayd etilgan tarixda birinçi marta insonning Şamonda virusi bilan zararlanişi yagona holat sifatida baholanmoqda, deb xabar berdi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Avvalroq Lion şahrida insonning Şamonda virusi bilan zararlanişi böyiça maʼlum bölgan ilk holat qayd etilgan edi. Virus boşqa bir oğir xastalikdan davolanayotgan keksa erkakda aniqlangan.
Bemor vafot etdi, biroq JSST sodir bölgan voqeani yagona holat sifatida taʼriflamoqda. Fransiya soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbari Gregori Emeri «misli körilmagan holat yuz berganini» maʼlum qildi, ammo bemorning ölimi avvalo uning öta zaif immun tizimi bilan boğliqligiga işontirdi.
«Hozirça bu yagona holat. JSST vaziyatni kuzatib bormoqda va yangi maʼlumotlar kelib tuşişi bilan yangilangan axborotni taqdim etib boradi», - deyiladi taşkilot bayonotida.
Şuningdek, JSST Fransiya rasmiylari bilan yaqin aloqada ekanini maʼlum qildi.
Şamonda virusi (SHAV) - hayvonlarning yuqumli kasalligi qözğatuvçisi bölib, u Orthobunyavirus uruğiga va tarkibiga Şmallenberg hamda Akabane kasalligi viruslari ham kiruvçi Simbu seroguruhiga mansubdir.
JSST maʼlumotlariga köra, virus ilk bor 1965-yilda Nigeriyada yirik şoxli qoramollarda aniqlangan. U asosan qişloq xöjaligi hayvonlariga: sigir, qöy, eçki, ot va alpakaga zarar yetkazadi. Kasallangan hayvonlarda isitma, iç ketişi va sut miqdorining kamayişi, şuningdek, yangi tuğilgan buzoqlarda nuqsonlar kuzatilişi mumkin.
Virus hayvonlarga asosan Culicoides uruğiga mansub mayda çivinlar çaqişi orqali yuqadi. Şamonda virusiga qarşi vaksina yoki dori vositasi mavjud emas.
Avvallari hayvonlar orasidagi aksariyat holatlar Afrika va Yaponiyada qayd etilar edi. Biroq joriy yilning yozida virus Yevropada: dastlab Germaniya va Şveysariyada, söngra Avstriya, Belgiya va Fransiyada aniqlana boşladi.

















