Vodafone uyali aloqa operatorining Ukrainadagi bölimi birinçi bölib Ukrainada Rossiya ijtimoiy tarmoqlariga kirişni tösdi.
"112 Ukraina" telekanalining xabar berişiça, ayni vaqtda "Kiyevstar" va "Layf" operatorlari ham sanksiya ostiga tuşgan Rossiya saytlariga kirişni çeklaş böyiça iş olib bormoqda.
Avvalroq "Ukrtelekom" Ukrainada "Vkontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarini tösiş böyiça işni boşlagani ma'lum qilingandi.
16 may kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiyaning jismoniy va yuridik şaxslariga qarşi sanksiyalar röyxatini kengaytiriş haqidagi farmonni imzoladi. Jumladan, sanksiyalar ostiga "Yandeks" va Mail.Ru saytlari hamda "Vkontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari tuşdi.












