Belgiya birinçiligida pley-off öyinlarining 9-turida «Şarlerua» ustidan ğalaba qilgan «Anderlext» muddatidan avval çempionlikni kafolatladi. Bryusselliklar klubi çempionlik uçraşuvida 3:1 hisobida ğalaba qozondi.

Ğoliblar safida Lukaş Teodorçik dubl qayd etdi. Yana bir golni Massimo Bruno urdi. «Şarlerua»ning yagona javob goli Kris Bedya hisobiga yozildi.

Mavsumning olti kuçli jamoasidan iborat turnir yakuniga bir tur qolganida «Anderlext» 49 oçko töpladi va ikkinçi örindagi «Bryugge»ni ortda qoldirib ketdi (42 oçko).

Bu «Anderlext» uçun 34-çempionlik böldi. Jamoa oxirgi marta 2013/14 yilgi mavsumda çempionlikni nişonlagandi.

Belgiya çempionati. Ilk oltilik
9-tur
«Şarlerua» - «Anderlext» -  1:3
Gollar: Bedya, 27 – Teodorçik, 59, 81, Bruno, 87.