Yevropa çempionlar ligasining 2-turidan örin olgan yana ikki uçraşuv bölib ötdi. Unda «V» guruhi vakillari «PSJ» va «Seltik» raqiblarini yirik hisobda mağlubiyatga uçratdi.
«PSJ» öz uyida favoritlar qatorida e'tirof etilayotgan «Bavariya»ni qabul qilib, Dani Alveş, Edinsin Kavani va Neymar tomonidan kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda ğalaba erişdi. «Seltik» xuddi şu natijani Belgiyada «Anderlext» bilan öyinda qayd etdi.
Uşbu guruhda «PSJ» 6 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Bavariya» va «Seltik»da uç oçkodan mavjud. «Anderlext» esa autsayder sifatida oçkosiz qolmoqda.
Yevropa çempionlar ligasi, 2-tur
«B» guruhi
PSJ (Fransiya) – Bavariya (Germaniya) 3:0 (2:0)
Gollar: Dani Alves (2), Kavani (31), Neymar (63).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Draksler, 89), Motta (Lo Çelso, 86), Rabo, Neymar, Mbappe (Di Mariya, 79), Kavani.
Bavariya: Ulrayx, Martines, Zyule, Alaba, Tolisso (Rudi, 46), Kimmix, Vidal, Alkantara, Xames (Koman, 46), Myuller (Robben, 69), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Kimmix (23), Vidal (45), Alkantara (61), Verratti (73), Rudi (78).
Anderlext (Belgiya) – Seltik (Şotlandiya) 0:3 (0:1)
Gollar: Griffits (38), Mbodji (50, avtogol), Sinkleyr (90+3).
Anderlext: Buks, Spayiç (Mbodji, 44), Desxaxt (Stançu, 58), Appia, Xanni (Bruno, 70), Kipçu, Gerkens, Dendonker, Trebel, Onekuru, Teodorçik.
Seltik: Gordon, Şimunoviç, Lyustig, Tirni, Boyata, Rogiç (Makgregor, 65), Braun (Biton, 70), Sinkleyr, Ntçam, Roberts (Forrest, 78), Griffits.













