Keyingi vaqtlarda internet jurnalistikasida dolzarb mavzuga aylangan öqituvçilarning qöşimça işlarga majburiy jalb etilişi muammosiga matbuotda ham e'tibor qaratildi. «Oila davrasida» gazetasining 2017 yil 18 may sonida «Matematika» metallom yiğişga, «Adabiyot» köça tozalaşga... Yoxud öqituvçini zimmasiga kirmaydigan yumuşlarga kim majburlamoqda?» sarlavhali maqola çop qilindi.
Quyida uşbu maqola özgartirişlarsiz qayta naşr etiladi.
Andijon viloyatidan yuborilgan xatda şunday sözlar keltirilgan: «Farzandim informatika fanidan ikki yillik dars jarayonida aytarli narsa örgana olmadi. Şu bois repetitorga berdim. Bolam oradan uç oy ötib, dasturlaşni yaxşi özlaştirdi. Bir tomondan, bundan behad xursand bölsam, ikkinçi tarafdan esa maktabdagi ta'limning sifatsizligi, öqituvçining yetarli malakaga ega emasligidan jahlim çiqdi...»
Uşbu holat naşr tahririyatini mulohazaga çorlaydi.
Bunday vaziyatni bugun deyarli barça ta'lim muassasalarida uçratyapmiz. Öquv soatlarida ötilişi kerak bölgan darslar «prodlyonka», «qöşimça dars», «repetitor» tarzida «çuqurroq» hamda «sifatli» qilib ötilmoqda. Ammo uşbu maqolada mulohaza yuritmoqçi bölgan mavzumiz bu haqda emas.
Hammamiz bolamizning ilmsizligi uçun köproq öqituvçini ayblaşga odatlanib qolganmiz. Töğri, şoliga qöşilib kurmak ham suv içganidek, şunçaki kunni ötkazib, maoşini olib yurgan öqituvçilar ham yöq emas. Bundaylarni nafaqat ta'lim, balki boşqa soha vakillari orasida ham uçratiş mumkin. Lekin öz işini qadrlaydigan, zahmatkaş, insofli, yoş avlodning ta'lim-tarbiyasiga sidqidildan boş-qoş böladigan, şarafli va maşaqqatli kasbini uluğlab kelayotgan öqituvçilar juda köp.
Aslida öqituvçi öquvçilarga yaxşi dars ötolmasligining öta muhim, kerak bölsa, birlamçi sababi ham bor. U ham bölsa, uning gardaniga asosiy işi bir çetda qolib, haddan taşqari ortiqça vazifalar yuklatilişidir. Oqibatda bu ta'lim sifatiga özining salbiy ta'sirini ötkazib, muallim aybsiz aybdorga aylanib qolmoqda.
Keling, bu haqda yaxşisi, öqituvçilarning özidan sörasak.
«Dam oliş kuni ham iş»
— Özbek tili va adabiyoti fanidan dars beraman, — deydi ismini aytişni istamagan Olmaliq şahridagi maktablarning birida faoliyat yuritayotgan öqituvçi. — Boşqa taşkilotlarda haftada asosan, beş kun iş bölsa, biz yetti kun işlaymiz. Yakşanba kuni kamida olti nafar öquvçining uyiga borib, ota-onasi va özi bilan birga rasmga tuşib, suratni maktabga topşiramiz. Bundan közlangan maqsad — öqituvçi, hatto, dam oliş kuni ham öz öquvçilarini nazorat qilib borişini körsatişdir. Kamiga, maktablarda keragidan ortiq qoğozbozlikka ruju qöyilgan. Öqituvçi har bir qilgan işi uçun bir enlik qoğoz töldirib, hisobot yozişga majbur.













