Arsen Vengerning «Arsenal» jamoasi boş murabbiyligida qoliş-qolmasligi masalasi jamoaning Angliya Kubogi finalidagi uçraşuvidan keyin hal böladi.
«Arsenal» boş murabbiyi «Çelsi»ga qarşi keçadigan final uçraşuvi arafasida bir qança savollarga javob qaytargan.
«Yöq, men özimning kelajak uçun rejalarimni oşkor eta olmayman. Hozir eng muhimi – Angliya Kubogi finalida munosib öyin körsatiş. Şu öyindan keyingina biz oldindagi rejalarni e'lon qilişimiz mumkin. Istalgan holatda men «Arsenal» uçun xizmat qilaman.
«Çelsi» bilan öyindan keyin direktorlar kengaşi majlisi çaqiriladi, unda biz ba'zi futbolçilar masalasini muhokama qilamiz. Şuningdek, mening masalamni ham. Bu futbolçilar Sançes va Özilmi? Bu yerda men sizga heç narsa demasligim kerak. Ehtimol, qaçondir men şu kunlarda aslida qanday işlar bölayotganini jurnalistlarga aytarman. Men hozir futbolçilar boşqa narsaga çalğimasligini istayman. Siz özingiz körib turibsizki, Mesut va Aleksis öz işini qilişda davom etmoqda. Ular özlarini «Arsenal»ni şu yozda tark etadigan kabi tutişmayapti», – deya Vengerning sözlarini keltirgan Sky Sports.
Bundan avvalroq «kanonirlar» himoyaçisi Naço Monreal klub fransiyalik murabbiyga yangi şartnoma taklif etgani haqida xabar bergandi.
OAVda yozilişiça, Sanças va Özil maoşlarini oşiriş şartini qöymoqda. Şu bilan birgalikda ularning ikkisi ham Venger klubda işlaşda davom etsagina, şartnomani uzaytirişlarini ma'lum qilişgan.












