38 yoşli avtopoygaçi Sebasten Burde Indycar çempionati doirasida Indy 500 poygalari uçun saralaş vaqtida falokatga duç keldi va jiddiy jarohatlandi. Aylanişlardan birida fransiyalik poygaçining bolidi trassa tösiğiga 370 kilometr tezlikda borib urilgan va ağdarilib ketib, yonişni boşlagan.

Xabar qilinişiça, Burde bu hodisadan keyin ham huşini yöqotmagandi. Keyinçalik avariya vaqtida uning suyaklari singan, jumladan öng bel qismida. Yaqin vaqtlar içida avtopoygaçi jarrohlik stoliga yotqiziladi. Uning tiklaniş muddati aniq aytilmagan.

Indy 500 — Şimoliy Amerikadagi eng maşhur poygalar bölib, Indianapolisda 28 may kuni ötkaziladi. U dunyoda doimiy ravişda ötkazib kelinadigan avtopoygalarning eng qadimiysidir, 2017 yilda bu poygalar 101-marta ötkaziladi.