30 oktabr kuni «Toşkent - Andijon (Özbekiston) - Öş - Irkeştam (Qirğiziston) – Qoşğar (Xitoy)» yönalişi böylab sinov körinişidagi xalqaro avtomobil poygasiga start berildi.

Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi delegatsiyalarining rahbarlari tantanali ma'ruza qilib, uşbu yölak taşqi savdo yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va Markaziy Osiyoda yuklarni yetkazib beriş muddatini sezilarli darajada qisqartiriş nuqtai nazaridan muhimligini ta'kidladilar.

Sinov tarzidagi avtomobil poygasida uç davlatning 9 ta avtotransport vositasi iştirok etmoqda. Avtokarvonning harakatlaniş yönalişi böyiça umumiy qatnov masofasi 900 km.ni taşkil etadi: Qirğiziston hududidan (Öş-Irkeştam) – 260 km., XXRning Şinjon-Uyğur muxtor tumani hududidan (Irkeştam-Qoşğar) – 250 km.

Qulay iqlim şaroiti va çegara ötiş joylarida yuzaga kelişi mumkin bölgan navbatlarning yöqligida, yönaliş böylab tranzit vaqti avtokarvonning harakatlaniş tezligi örtaça 50-60 km/soatni taşkil etgan holda 2 kun davom etadi.

Qirğizistondagi Sari-Toş şahar tipidagi posyolok va Irkeştam dovoni orqali ötuvçi yöl Farğona viloyatidan Xitoyga eng qisqa avtoyöl hisoblanadi.

Ayni damda Özbekiston va Xitoy örtasidagi taşuvlar asosan temir yöl transporti orqali Qozoğiston-Qirğiziston ötkaziş punktlari orqali amalga oşiriladi, bu esa xarajatlarning ortişi va vaqtning köproq sarflanişiga olib keladi.