Kanadaning Riçmond şahrida dengiz şeri qizçani suvga tortib ketdi.

Bu holat tasvirlangan videoyozuvda oq kiyimdagi qizça priçal yoqasida ötirganida suvdan turib sakragan jonivor uni özi bilan suvga tortib ketganini köriş mumkin. Qizçani uning yaqinlaridan biri qutqaradi, qizçaning ortidan suvga şönğigan erkak uni darhol qirğoqqa olib çiqadi.

Britaniya Kolumbiyasi Universiteti qoşidagi dengiz jonivorlarini tadqiq qiliş markazi direktori Endryu Traytsning qayd etişiça, qizçaga erkak dengiz şeri hamla qilgan.

«Men bu videoni kördim. Odamlar yovvoyi jonivorlar bilan bunçalar ahmoqona munosabatda bölmasligi kerak. Ular jonivorning asabiga tegişgan», — deya ekspertning sözlarini keltirgan CBC.