6 iyun, seshanba kuni CNN telekanali va Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh sharqidagi Richmond shahrida Virjiniya Hamdo‘stlik universiteti kampusida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi.

19 yoshli yigit yuqori maktab bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida o‘t ochdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bu tadbirning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng, yig‘ilganlar ko‘chada o‘z oilalari bilan suratga tushayotgan paytda sodir bo‘lgan.

18 yoshli bitiruvchi va 36 yoshli erkak halok bo‘ldi. Politsiya hujum qilgan shaxsni qo‘lga oldi. "Biz gumondor qurbonlardan kamida birini oldindan bilgan deb hisoblayapmiz", dedi shahar politsiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rik Edvards.