Taxminan mingdan ortiq kasal va o‘layotgan dengiz sherlaridan tashqari, 110 ta delfin nobud bo‘lgan. Foto: Normand orollari dengiz va yovvoyi tabiat instituti (CIMWI)

Iyun oyining boshidan beri dengiz sherlari va delfinlar jasadi janubiy Kaliforniyaning barcha sohillariga tarqagan. Ular Batterflay hamda Miramar kabi kichik sohillaridan janubga yoyilib, Los Anjyelesdagi Santa Monika sohiliga va hatto undan ham olisroqdagi Orenj okrugi Laguna sohiligacha yetgan. Misli ko‘rilmagan epidemiya olimlarni xavotirga solib qo‘ydi, chunki sohillarda halok bo‘layotgan hayvonlar soni rekord darajada o‘sgan.

“Shlyuzlar ochildi, ahvol kundan kun og‘irlashyapti. Soatiga o‘ttiztadan oltmishtagacha, kuniga esa 300 dan ortiq xabar kelib tushmoqda”, — dengiz sutemizuvchi hayvonlarini qutqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Santa Barbaradagi Normand orollari dengiz va yovvoyi tabiat instituti (CIMWI)  asoschilardan biri Rut Dover.

Bunga psevdo-nitsshia nomli suv o‘ti sababchi bo‘lgan. Undan ajralib chiquvchi aminokislota neyrotoksinday ta’sir qilishi mumkin. O‘tgan yili shunga o‘xshash holat o‘nlab dengiz sherlari va boshqa dengiz jonivorlarini nobud qilgandi. Ammo ko‘pchilik bu safargisi undan ham battar deb hisoblamoqda. CIMWI’ning yana bir asoschisi va veterinariya bo‘yicha direktori Sem Dover shunday deydi: “Bu o‘ttiz besh yillik faoliyatimizdagi eng katta inqiroz bo‘ldi”.

Kaliforniyadagi zararli suv o‘tlari xavfini xaritalash (C-Harm) tizimi Santa Barbarani ushbu epidemiya o‘chog‘i deb tan olgan. Tizim suv o‘tlarini o‘rganadi. Shuningdek, o‘zidan domoik kislota ajratib chiqaruvchilarni ham. Bu episentr bolalash mavsumi vaqtida vujudga keldi: 70 mingdan ortiq urg‘ochi dengiz sherlari iyun oyida bolalash uchun Santa Barbaradagi Normand orollariga borishi mumkin.

Har bir zararli suv o‘tining gullashi (HAB) o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, shu noodatiy gullash qirg‘oqdan ancha uzoqroqda yuz berayotgan ko‘rinadi. Bu shuni anglatadiki, Kaliforniya sohillari bo‘ylab taxminan mingdan ortiq kasal va o‘layotgan dengiz sherlaridan tashqari, yana 110 ta delfin nobud bo‘lgan. Bu raqamlar dengizda yoki Normand orollarida o‘lishi mumkin bo‘lgan jonivorlarni o‘z ichiga olmaydi.