21 may kuni Italiya çempionatida 37-tur öyinlari davom etdi.
«Milan» öz maydonida «Bolonya» klubini qabul qilib, 3:0 hisobida ğalaba qozondi. «San-Siro — Djuzeppe Meatstsa» stadionida keçgan uçraşuvda urilgan gollarga Xerard Deulofeu, Keysuke Xonda va Janluka Lapadula mualliflik qilişdi.
Bu ğalaba milanliklarning 5 uçraşuvdan iborat ğalabasiz seriyasiga yakun yasadi va oçkolari sonini 63taga yetkazdi. Yettinçi örindagi «Fiorentina» 4 oçkoga ortda qoldirildi, «Bolonya» 41 oçko bilan 15-örinda.
Natijada jamoa sönggi tur öyinlaridan qat'i nazar, 6-örinni naqd qildi va Yevropa Ligasi saralaşiga yöllanma oldi.
«Milan» 2013/14 yilgi mavsumda yevrokubokda iştirok etgandi.
A seriya 37-tur
Milan – Bolonya 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 69 Deulofeu, 2:0 – 73 Xonda, 3:0 – 90 Lapadula.
Milan – Donnarumma, Gomes, Romanoli, Paletta, Vandjoni, Montolivo, Bertolaççi (Fernandes, 46), Paşaliç, Deulofeu (Kutrone, 85), Bakka (Xonda, 58), Lapadula.
Bolonya – Mirante, Xelander, Mbayye (Kraft, 64), Torosidis, Gastaldello, Taider, Donsa, Kreyçi (Ritstso, 56), Verdi, Destro, Di Françesko (Okvonkvo, 15).
Ogohlantirişlar: Xelander (6), Deulofeu (70), Gastaldello (72), Kutrone (90).
Jyenoa – Torino 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Rigoni, 2:0 – 54 Simeone, 2:1 – 89 Lyayiç.
Jyenoa – Lamanna, Biraski (Ntçam, 77), Burdisso, Xentiletti, Kofi, Lazoviç, Velozu, Laksalt, Rigoni (Munos, 63), Palladino, Simeone (Pandev, 60).
Torino – Xart, Rossettini, Avelar, de Silvestri, Moretti, Akkua (Lopes, 61), Bazelli (Lukiç, 18), Iturbe (Yago Falke, 68), Lyayiç, Boyye, Belotti.












