"Rok-n-roll qiroli", afsonaviy qöşiqçi Elvis Preslining şaxsiy samolyoti 27 may kuni AQŞdagi auksionda sotiladi.
GWS Auctions auksion uyining ma'lum qilişiça, gap 1962 yilda işlab çiqarilgan Lockheed Jetstar modeli haqida ketmoqda. Samolyotning qöşiqçining buyurtmasi bilan yaratilgan içki bezaklari: tillarangdagi yoğoç panellari, qizil baxmal örindiqlari va qizil momiq gilami saqlab qolingan.
Auktsion taşkilotçilarining aytişiça, samolyotning töliq restavratsiya qilinişi imkoniyati bor. Samolyotda xususan dvigatellar yetişmaydi. Uning dastlabki narxi 2 mln dan 3,5 mln dollargaçani taşkil qilmoqda. Samolyot 30 yildan köproq işlatilmagan va bu vaqt davomida Nyu-Meksiko ştatidagi aerodromlardan birida turgan.

"Bu samolyot özining yangi egasiga körgazma eksponati yoki pullik attraksion sifatida millionlab dollarlar keltirişi mumkin", deyilgan xabarda.
Presli 1977 yilda 42 yoşida vafot etgan va hanuzgaça dunyodagi eng maşhur qöşiqçilardan biri sanaladi.











