GE Aviation dunyodagi eng katta va eng kuçli aviadvigatel GE9X’ni sinovdan ötkazişni boşlamoqda. Bu dvigatel Boeing 777X samolyotlariga örnatilişi közda tutilgan. Sertifikatlaş sinovlari 2-bosqiç sinovlarini öz içiga oladi. Bu sinov davomida dvigatelning e'lon qilingan tortiş kuçi, yonilği sarflaşi va boşqa körsatkiçlari sinovlarda olingan haqiqiy körsatkiçlari bilan taqqoslanadi.

Avvalroq dvigatelning ilk prototipi zavod sinovlaridan ötkazilib, unga turli ölçamdagi çiqindilarni taşlaşga bardoş berdi hamda çang va muzga sinovlardan ötdi. GE9X ustida 2012 yildan beri işlanmoqda va u aviatsion dvigatelsozlik sohasidagi eng kutilayotgan işlanmalardan biri hisoblanadi.

Tortiş kuçi 45,4 tonnaga ega dvigatel bunday qurilmalarga örnatiladigan dunyodagi eng katta diametrga ega (3,35 metr) ventilyator, 16 ta ugleplastikli kurakça, yuqori bosimli 11 poğonali kompressor (siqiş darajasi 27:1) va yoniş kamerasi bilan jihozlangan.

Kompaniyaning ma'lum qilişiça, dunyoda birorta tijoriy dvigatel bunday yuqori siqiş darajasiga ega emas. Dvigatel konstruksiyasida 1,3 ming gradusgaça haroratga doş bera oladigan kompozitsion materiallar faol qöllangan. Qurilmaning ba'zi detallari 3D-bosma qöllangan holda yaratilgan.

Kompaniya Emirates, Lufthansa, Etihad Airways, Qatar Airways, Cathay Pacific va boşqa aviakompaniyalardan 700 ta dan köproq bunday dvigatelga buyurtma oldi. Buyurtmalarning umumiy qiymati 29 mlrd dollarni taşkil qiladi.