General Electric kompaniyasining bölinmasi hisoblanuvçi GE Aviation kompaniyasi Cessna turidagi yengil samolyotlar uçun möljallangan, 30 foiz qismi 3D-printerda bosilgan turbovintli dvigatelni sinovdan muvaffaqiyatli ötkazdi. Aviadvigatelning yaratilişida AQŞ, Italiya, Polşa va Çexiyadan 400 ga yaqin muhandis va dizaynerlar iştirok etişdi.   

Ma'lum qilinişiça, 3D-bosma dvigatelning 855 ta alohida detallari örniga bor-yöği 12 ta alohida yaxlit blokni olişga imkon berdi.  

Advanced Turboprop (ATR) deb nomlangan bu dvigatel öz turidagi an'anaviy aviadvigatellardan 45 kg ga yengilroq çiqqan. Uşbu dvigatellarni Cessna Denali kabi kiçik ölçamli samolyotlarga örnatiş közda tutilgan.

Zamonaviy 3D-printerlar nafaqat plastik bilan, balki metall va keramika kabi materiallar bilan bosişga imkon beradi. Yangi dvigatel ham titan qotişmasi yordamida bosilgan.

Aviadvigatelni tezroq yaratiş uçun kompaniya bir vaqtning özida bir neçta ilğor texnologiyani qölladi, buning evaziga aqlbovar qilmas natijalarga erişişga muvaffaq bölindi. Mutaxassislar detallar sonini 70 martaga (855 tadan 12 tagaça), dvigatel oğirligini 45 foizga kamaytirişga va buning evaziga quvvatini 10 foizga oşirişga hamda yoqilği sarfini 20 foizga kamaytirişga, dvigatel işlab çiqilişi vaqtini 5 martaga – 10 yildan 2 yilgaça kamaytirişga muvaffaq bölişdi. Loyiha rahbari Pol Korkerining aytişiça, bu hodisa GE Aviation faoliyatidagi buriluvçi on böladi. U 3 yildan keyin samolyotlar kamida 75 foizga 3D-printerda bosilgan qismlardan iborat bölişiga işonçi komilligini aytdi.

Kompaniya dvigatellarni ommaviy işlab çiqarişdan oldin 10 ta sinov prototipini yaratişni rejalaştirmoqda. Bunday dvigatelli samolyotning ilk parvozi 2018 yilda amalga oşişi mumkin.