AQŞning Boeing kompaniyasi mutaxassislari fuqarolik avialaynerlari uçun dunyodagi eng katta va eng kuçli aviatsiya dvigateli GE9X’ning parvoz sinovlarini ötkazdilar. 4 soatlik parvoz yangi dvigatel Boeing samolyotlarini tejamkorroq va işonçliroq qila olişini tasdiqladi.

Muhandislarning hisob-kitoblariga köra, GE9X dvigateli eng katta va siğimdor bölgan Boeing 777X samolyotining nafaqat yonilği samaradorligini oşirişi kerak. Bu samolyotlarning işlab çiqarilişi va GE9X dvigatellari bilan jihozlanişi 2019 yilga belgilangan. 

Foto: digitaltrends.com

Yangi Boeing 777X samolyoti kompaniya tomonidan yaratilgan eng yirik samolyot hisoblanadi. Istiqbolli samolyot şunçalik katta çiqqanki, uni dunyoning istalgan aeroportida qöndira oliş uçun şarnir turidagi qanot bilan jihozlangan. Bunday qanot aeroport turiga qarab uzunligini özgartira oladi. Yangi samolyot bortida uç sinfdagi salonda 406 yölovçi joylaştirilişi mumkin.