Samarqand şahri Farhod qörğonida yaşovçi ikki qarindoş birgalikda spirtli içimlik içişib, özaro janjallaşib qolişadi. Oqibatda janjal şu darajaga yetadiki, 1985 yilda tuğilgan, heç qayerda işlamaydigan, A.B amakisi bölgan 1973 yilda tuğilgan R.B ning kökrak va qorniga piçoq bilan urib jarohat yetkazadi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Natijada R.B ga kasalxonada tibbiy muolajalar körsatilişiga qaramay şu yerda vafot etadi. Muştumzör A.B esa köp ötmay içki işlar xodimlari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











